|
Ushbu katalogda siz ta'limiy mazmunga ega bo'lgan turli yo'nalishdagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Bugungi kunda katalogda 16 mingdan ortiq resurs mavjud. Odatda foydalanuvchilar bu erdagi ma'ruza matnlari, metodika va o'quv qo'llanmalari, amaliy mashg’ulotlar, dissertatsiya, referat va darsliklardan ko'proq foydalanishmoqda. Portalimizda mavjud adabiyotlarning foydasi nafaqat abiturient, talaba va o'qituvchilarga, balki kerakli xabarlarni qidirayotgan barcha foydalanuvchilarga ham asqotadi. Kutubhonadagi ma'lumotlar doimiy ravishda yangilanib boriladi. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Halq ta'limi Vazirligi hamda Oliy va o'rta mahsus ta'lim Vazirliklari ushbu bo'limga foydali ma'lumotlarni joylashtirib uni to'ldirishga baholi qudrat o'z hissalarini qo'shmoqdalar. Bo'limdagi filtratsiya, ma'lumotlarni yuklash, o'qilganligi haqidagi ko'rsatkichlar, shuningdek, o'ng tomonda joylashgan mavzular bo'yicha mundarija kerakli adabiyotlarni topishingizda qiyinchilik tug’dirmaydi. Ushbu bo'limdagi istalgan ma'lumotni bepul olishingiz mumkin. Ma'lumotlarni qo'shish va yuklab olish uchun www.ziyonet.uz portalidan ro'yhatdan o'tishingiz kerak. O'ng tarafdagi ma'lumotlar ro'yhatidan keyin, qidiruv yozuvidan so'ng “Material qo'shish tugmasi mavjud. Ma'lumotni qo'shish uchun bu tugmani bosib, ma'lumot nomi, mazmunini tavsiflab yozishingiz kerak. Ma'lumotning hajmi 2 Mbdan oshmasligi, *.zip yoki *.rar formatda bo'lishi darkor. Turli ta'lim muasasalaridagi hodimlar ushbu bo'limga foydali ma'lumotlarni joylashtirib, uning rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shsalar biz bag’oyat mamnun bo'lardik. Kutubhonaga ma'lumotlarni joylashtirish bo'yicha savollarga forumning quyidagi mavzusidan javob olishingiz mumkin. |
|