Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta`lim umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.

Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:

Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u erda bolalarning bo’lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilandi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissi ning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to’liq ma`lumotlar “ Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom” da ko’rsatilgan.
Maktabgacha ta`lim muassasalarining asosiy maqsadlari
Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar.
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz va qozoq tillarida olib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalari haqida qisqacha statistik ma`lumot