OO`Ydan keyingi ta'lim

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan htiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta`lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`limni oliy o’quv rtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad`yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim bosqichlari (aspirantura, doktorantura) dissertatsiya himoyasi bilan kunlanadi.

Yakuniy davlat attestatssiya natijalariga ko’ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajassi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.

Aspirantura (doktorantura) to’g’risida Nizom O’zbekiston Respublikasining "Ta`lim to’g’risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida"gi qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi "Fan va texnologi lar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-436-son qaroriga muvofiq oliy o’quv rtidan keyingi ta`limni aspirantura, ad`yunktura va doktorantura orqali yoki mustaqil ta`lim shaklida tashkil etish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasasida aspirantura (ad`yunktura) va doktorantura faoliyatini tartibga soladi va ishtirokchilarning (aspirantura va doktaranturaga ega oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalar, aspiranturaga yo’llovchi oliy ta`lim, ilmiy-tadqiqot muassasasi va tashkilotlar, aspirantlar, ilmiy rahbarlar va ilmiy maslahatchilar) huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.