Respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 12% ta`lim sohasiga yo’naltiriladi, chunki ta`lim davlat rivojlanishining asosiy tamoyillaridan biridir. Shuning uchun ham, yangi «Ta`lim» bo’limi portalimizning asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi.
Bo’limda keltirilgan ma`lumotlar o’qituvchilar, maktab, kollej va litsey o’quvchilari, talabalar va ularnig ota-onalari uchun mo’ljallangan.
Ushbu bo’limda Respublikamizning ta`lim tizimining tahlili olib borilgan bo’lib, har bir ta`lim bosqichining maktabgacha ta`limdan boshlab, oliy o’quv yurtidan keyingi ta`limgacha, statistik ma`lumotlar va qonunchilik bazasi keltirilgan.
Bu kabi ma`lumotlarni taqdim etish, ta`lim sohasiga befarq bo’lmagan shaxslarning ta`lim olish, mavjud bo’lgan normalar va huquqiy bazalar haqidagi ma`lumotlarga gaya bo’lish imkoniyatini yaratadi.
Shu bilan birga ushbu bo’limda ta`limni boshqarish organlari, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy o’rta maxsus ta`lim vazirliklarining tashkiliy tizimlari bilan ham tanishish mumkin.