|
ZiyoNET jamoat axborot ta'lim tarmog’i 2005 yil 28 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog’ini tashkil etish to'g’risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmog’ining asosiy maqsadi ta'lim tizimida respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya hizmatlarini ko'rsatishdan iborat. ZiyoNET portali ZiyoNET axborot ta'lim tarmog’i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta'minlash, AT sohasida kerakli ma'lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o'z zimmasiga oladi. Foydalanuvchilar ID.UZ tizimidan ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilarga ZiyoNET portali o'z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan, 1. ZiyoNET portalining kutubhonasiga ahborot - ta'limiy ma'lumotlarni joylashtirish; ZiyoNET tarmog’iga ulanish Hukumat qaroriga muvofiq barcha ta'lim muassasalari(ulanish ob'ektlari) ZiyoNET axborot ta'limiy tarmog’i negizida birlashishlari kerak. Provayder tizimi orqali ta'lim muassasalarini ulanish bo'yicha g’oliblarga ZiyoNET tarmog’i resurslariga kirish imkoni beriladi. Ta'lim muasasalarining internetga ulanishlarida OO'MTV, O'MKTM, XTV, «Kamolot» YOIH mas'ul va moliyaviy jihatdan ta'minlovchi hisoblanadilar. ZiyoNET tarmog’ining resurs markazi tanlov hay'atining ishlovchisi sifatida internet tarmog’iga ulanishga oid barcha tanlovlarni va ulanish jarayoni monitoringini o'tkazib kelmoqda. Ta'lim muassasalarini internet tarmog’iga ZiyoNET ta'limiy tarmog’iga ulanuvchi muassasa tanlov g’olib-provayderining quyidagi bepul hizmatlaridan foydalanishi mumkin: · Internet(TAS-IX orqali) tarmog’ining o'zbek segmentidan 128 kbit/sek tezligida istalgan miqdorda foydalanish; ZiyoNET tarmog’iga ta'lim muassasalarini ulanishlarini moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, · muassasaning tarmoqqa ulanishi - $100 |