Фильтры

G’azaning karantin osti kasalliklari, bioekologiyasi, tarqatish va qarshi kurash choralarining tahlili


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Yakubov I
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
78
Дата создания:
2016-05-27 09:36:38
G’o’za kasalliklari birinchi marta Shimoliy Amerikada, so’ngra Misrda, Koreyada, Hindistonda, Jazoirda topilgan. Rossiyada g’o’za kasalliklari to’g’risida ma’lumot juda ham kam bo’lgan. G’o’za kasalliklari to’g’risida birinchi ma’lumot 1903 yilda A. A. Yachevskiy tomonidan yozilgan edi. 1918 yilda professor N. G. Zaprometov Turkistonda g’o’za kasalliklari to’g’risida maqola yozgan. G’o’za kasalliklarini Markaziy Osiyoda rejali ravishda o’rganish 1926 yilda va ayniqsa 1929 yilda Toshkentda G’o’za kasalliklarini va zararkunandalarini o’rganish tajriba stansiyasi tashkil etilgandan keyin boshlandi.

Yangi tetratsiklin preparatlar farmakologiyasi


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Yuzboyev Z
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
78
Дата создания:
2016-05-27 09:34:03
Men malakaviy bitiruv ishimni bajarishda yangi tetratsiklinli preparatlar farmakologiyasini o‘rganish uchun antibiotiklarni tetratsiklinlar guruxi to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plashni ma’qul deb topdim va ushbu mavzuni yoritishda tetratsiklin guruxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitiruv malakaviy ishimning mavzusiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, tetratsiklinlar guruxi veterinariya amaliyotida antibiotiklar ichida eng ko‘p qo‘llaniladigan dori moddalari hisoblanadi. Hozir mamlaktimizning veterinariya amaliyotida tetratsiklin guruxiga kiruvchi preparatlarning deyarli barchasi chet mamlakatlardan keltirilmoqda. CHetdan keltiriladigan tetratsiklin guruxiga mansub preparatlar tarkibi asosan oksitetratsiklin saqlovchi dori moddalari hisoblanadi. Bu preparatlar mamlakatimizda yaqin paytdan beri qo‘llanilayotganligi sababli uning farmakologiyasi bizning mamlakatimiz sharoitida to‘lig‘icha o‘rganilmagan.

Qishloq xo’jalik hayvonlarining piretroidlar bilan zaharlanishlarini oldini olish va davolash


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Boboqandov E
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
73
Дата создания:
2016-05-27 09:30:19
Кейинги йилларда Ўзбекистонда шахсий ёрдамчи, деҳқон ва фермер хўжаликларини ривожлантиришга катта эътибор қаратилмоқда. Республика Президенти И.А. Каримовнинг 2006 йил 23 мартдаги «Шахсий ёрдамчи, деҳқон ва фермер хўжаликларида чорва моллар кўпайтиришни рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПҚ-308 ва 2008 йил 21 апрелдаги «Шахсий ёрдамчи, деҳқон ва фермер хўжаликларида чорва моллар кўпайтиришни рағбатлантиришни кучайтириш ҳамда чорвачилик маҳсулотлари ишлаб чиқишни кенгайтириш борасидаги қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида» ги ПҚ-842-қарорлари чорвачилик соҳасини ҳам ривожлантиришда муҳим омил бўлиб хизмат қилади. Республикамиз, шунингдек, бошқа жаҳон ҳамжамияти давлатлари олдида турган асосий вазифалардан бири аҳолини экологик жиҳатдан тоза ва сифатли чорвачилик озиқ-овқат маҳсулотлари билан таъминлашдан иборат.

Itlarda tanosil sarkomani xirurgik yo’l bilan davolash


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Sherboyev J
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
60
Дата создания:
2016-05-27 09:28:17
So’nggi yillarda respublikamizda kinologiya xizmatini rivojlantirishga katta e’tibor berib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari I.A. Karimov tomonidan ushbu masalaga Davlat ahamiyati darajasida e’tibor qaratilib, soxani rivojlantirishga oid bir qator qaror va qonunlar qabul qilinib, natijada respublikamizda milliy kinologiya markazlari, itlarni saqlash pitomniklari, kinologiya bo’limlari tashkil etildi. Oxirgi yillarda xizmat itlari orasida keng tarqalib borayotgan patologik jarayonlardan biri - o’smalar patologiyasi bo’lib, umumiy kasalliklarning 5-10% ni tashkil qilmoqda. O’smalar muammosi tibbiyot va veterinariya mutaxassisilari orasida dolzarb muommolardan biridir. Bu muommani hal qilish maqsadida ko’pgina olimlar ilmiy –tadqiqotlar olib borib o’z xissasini qo’shmoqdalar.

Marshallagioz kasalligini epizootologiyasi, davolash va oldini olish choralari


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Shamsiddinov J
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
101
Дата создания:
2016-05-27 08:49:48
Уй ва ёввоий ҳайвонларнинг, шу жумладан қўйларнинг гельминтофаунаси бўйича дастлаб А.П.Федченко экспедицияси жараёнида тадқиқотлар олиб борган. Бу экспедиция материаллари эса чет эл олимлари томонидан чуқур ўрганилиб тахлил қлинган: цестодлар бўйича материалларни Краббе, нематодалар ва трематодалар бўйича эса Линстов эьлон қилган. Шунда Линстов қўй нематодаларидан Наеmonhus contortus, Тrichocephalus offinis (Тrichocephalus ovis) ва Dictiocaulus filariaларини аниқлаган.

Brakon (Bracon spp) biogiyasi, uni laboratoriyada ko’paytirish va qo’llash texnologiyasi hamda samaradorligi


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Xolov S
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
76
Дата создания:
2016-05-27 08:40:43
Keyingi yillarda o’simliklarni biologik usulda himoya qilishga katta ahamiyat berilayotir. Chunki, kimyoviy usul qanchalik samara bermasin, uni o’ziga xos salbiy tomonlari bor. Bu uslubning qator vositalari, xususan ko’pchilik kimyoviy moddalar inson salomatligi, issiqqonli hayvonlar va atrof muhit uchun, shuningdek barcha foydali xashoratlar, ya’ni – biologik agentlar uchun zararli va havflidir. Shuning uchun ham chidamli navlarni yetishtirish bilan bir qatorda hasharot va kanalar tushgan maydonlarda biologik usuldan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu usulni ijobiy tomonlari ko’pchilik olimlar tomonidan ko’rsatib berilgan. Jumladan, S.N.Alimexamedov, B.P.Adashkevich va boshq. (Alimuxamedov C.N 1986,1991) O’zbekistonda o’simliklarni biologik usulda himoya qilish borasidagi ishlar 1971 yil boshlanganligi va shu dastlabki yilda bu usul 2,6 ming gektarda joriy etilgani, 1980 yilga kelib 1416,1 ming gektarda, 1986 yili 4503,7 ming gektarda va 1987 yilda esa 5227,4 ming gektarda qo’llanilganini ko’rsatib o’tganlar. 2007 yil esa 14.6 mln. gektardan oshib ketdi.

Nyukasl kasalligiga qarshi passiv immunitetning aktiv immunitet hosil bo’lishiga ta’siri


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Xayrullayev A
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
79
Дата создания:
2016-05-27 08:33:55
Товуқчилик - Республикамиз чорвачилигининг муҳим ва тез етилувчан истиқболли тармоқларидан ҳисобланиб, иқтисодий ислоҳотлар боис сўнгги йилларда уни ривожлантириш соҳа мутахассислари ва бошқа масъул шахслар зиммасига юкланган долзарб вазифалардан саналади. Хусусан, ветеринария соҳаси мутахассислари паррандаларнинг соғлигини таъминлаш учун фаолият кўрсатиб, баъзан даволаш - профилактик муолажаларнинг сифатли ўтказилмаслиги оқибатида уларнинг самарадорлик кўрсаткичлари паст бўлиб, ёш жўжаларнинг кўплаб нобуд бўлиши, ўсишдан қолиши, товуқларнинг тухум маҳсулдорлигини пасайиши, дори-дармонлар ва озиқа сарф-харажатининг кўпайиши эвазига катта иқтисодий зарар кузатилмоқда.

Gemonxoz kasalligining davolash oldingi olish usullarini takomillashtirish motlar tarixi


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Бутаев Б
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
88
Дата создания:
2016-05-27 08:31:45
Zamonaviy ishlab chiqarish amaliyotida chorvachilikda ayniqsa qorako’lchilikda hayvonlar mahsuldorligini oshirish kunlik semirishini ko’paytirish bilan bir vaqtning o’zida, hayvonlar rezistentligini oshirish turli xil oziqalar konservatsiya ta’sirini kamaytirib, insonlar sog’ligi uchun zararsiz va oliy sifatli go’sht mahsulotlari yetishtirish dolzarb masala hisoblanadi. Buning uchun dunyo miqyosida go’sht ishlab chiqarish sohasida ko’plab biologik faol moddalar qo’llanilmoqda. Ular o’sishni stimullovchi moddalar guruhiga kirib organizmga anabolitik ta’sir ko’rsatadi. Bularga oqsil-vitaminli va mineral qo’shimchalar, organ va to’qimalardan gidrolizlangan mahsulotlar, oziqaviy antibiotiklar, anabolitik moddalar, o’simliklar preparatlari va probiotiklar kiradi. Biroq ayrim manbaalardan ma’lum bo’lishicha Rossiya davlatining chorvachilik bilan shug’illanadigan xo’jaliklarida ularning iqtisodiy samarasi kamligi, ziyonli ta’sirlari mavjudligi, hamda ta’sir doirsining bir xilda emasligi va yetarlicha o’rganilmaganligi sababli, kam qo’llaniladi. (Y.S.Ankin 1996 y.)

Sat-som preparatining gipotrofik ug’ilgan qorako’l qo’zilar o’sishi va rivojlanishga ta’siri


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Hamzayev U
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
57
Дата создания:
2016-05-27 08:20:45
Paxta hosilini yanada oshirishda kuzgi shudgorga katta ahamiyat beriladi. Chunki yerni kuzda shudgorlash dalalarni begona o’tlardan tozalash, erta ko’klamda va ekish oldidan ishlash hamda ekishga tayyorlash uchun qulay sharoit yaratish, g’o’za nihollarini bexato undirib olish lozim. O’simliklarning yaxshi rivojlanishini ta’minlash ertapishar va mo’l paxta hosili yetishtirishda eng zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. Kuzgi shudgorlashda tuproqning qatlami yumshab, mayda donador bo’lganligi natijasida ko’proq nam to’plash imkoniyati yaratiladi. Tuproqning ustki qismi haydov qatlami ostiga tushadi, begona o’tlar urug’lari, zararkunanda va kasallik qo’zg’atuvchilar infeksiyasi tuproqqa chuqur ko’milib ketadi. Organik o’g’itlarni yaxshi chirishiga tekis, sog’lom nihol olishga yaxshi imkon tug’diriladi.

G’azaning vertitsellyoz vilt(Verticillium dahcliae Kleb) kasalligi va unga qarshi kurash tizimi


  
- 0 +
Уровень:
Высшее образование
Автор:
Nazarov J
Характер издания:
Другой
Год издания:
2015
Издательство:
SamQXI
Количество страниц:
62
Дата создания:
2016-05-27 08:18:39
Уй ва ёввоий ҳайвонларнинг, шу жумладан қўйларнинг гельминтофаунаси бўйича дастлаб А.П.Федченко экспэдицияси жараёнида тадқиқотлар олиб борган. Бу экспэдиция материаллари эса чет эл олимлари томонидан чуқур ўрганилиб тахлил қлинган: цестодлар бўйича материалларни Краббе, нематодалар ва трематодалар бўйича эса Линстов эьлон қилган. Шунда Линстов қўй нематодаларидан Наеmonhus contortus, Тrichocephalus offinis (Тrichocephalus ovis) ва Dictiocaulus filariaларини аниқлаган. Турли минтақалар шароитида ҳайвонларнинг гельминтофаунасини режали текшириш К.И. Скрябин ва унинг раҳбарлигида бошқа тадқиқотчилар томонидан бошланган
Сообщить об ошибке Транслит